Shubhasiz, dunyo bo'ylab gender tafovutiga barham berish oddiy inson huquqlariga erishishdan ko’ra kengroq masaladir. Xalqaro valyuta jamg'armasi ma'lumotliga ko'ra, ayollarning iqtisodiyotdagi ishtiroki jamiyatga ko'p foyda keltiradi; jumladan, so'nggi zarbalardan tezroq tiklanishga; kuchliroq, bardoshli, barqaror va inklyuziv iqtisodiyotlarni yaratishga; makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishga; xususiy va davlat sektori samaradorligini oshirishga hamda daromadlar tengsizligini qisqartirishga hissa qo’shadi.
Haqiqatan ham, shu va boshqa ko‘plab sabablarga ko‘ra, ayollar va qizlarga nisbatan har qanday kamsitishlarga barham berish Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish dasturidagi beshinchi maqsaddir: u 2030-yilgacha erishilishi kerak bo‘lgan 17 ta o‘zaro bog‘liq maqsadlardan biri hisoblanadi.
“Biz muhim sohalarda, xususan, ayollarning siyosiy ishtiroki kabi sohalarda erishilgan yutuqlarni haqli ravishda nishonlashimiz kerak; onalar o'limi; ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha qonunchilik islohoti olib borilmoqda. Biroq umumiy manzara yomonlashib bormoqda. Hech bir davlat yaqin sheriklar o'rtasidagi zo'ravonlikni yo'q qilishga qodir bo’lgani yo’q.
Qashshoqlikdagi gender tafovutlari, ayniqsa, 25 yoshdan 34 yoshgacha bo'lgan ayollar orasida yuqoriligicha qolmoqda”, - dedi BMT Ayollar dasturi ijrochi direktori Sima Baxus.
"O’zgarish yo'nalishlari xavotirli va uyg'otuvchi qo'ng'iroq bo'lishi kerak. Barqaror rivojlanish maqsadlaridagi 5 ko'rsatkichning atigi 15 foizi amalga oshgan va deyarli 25 foizi 2030-yil maqsadlariga erishishdan yiroq", - deydi Qo'shma Shtatlarning BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashidagi vakili Liza Karti.
“Ayollar va qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish AQShning gender tengligi boʻyicha milliy strategiyasida oʻz aksini topganidek, AQShning ichki va xorijdagi siyosatining uzoq yillik asosidir”, - dedi elchi Karti.
Prezident Baydenning 2024-moliya yili byudjeti global miqyosda gender tengligi va tenglikni rivojlantirish uchun 3 milliard dollardan ko'proq mablag' ajratadi. Bu ayol-qizlar, jumladan, LGBTQI+, nogironligi bor ayollar va qizlar imkoniyatlarini oshirish uchun sarmoya kiritish bo'yicha AQSh o’z zimmasiga olgan majburiyatlarga to’g’ri keladi.
“AQSh BMT Ayollar tashkiloti bilan hamkorlikni davom ettirishni intiqlik bilan kutmoqda. Biz qanchalik samarali hamkorlik qilsak, ayollar va qizlar masalasini ishlarimizga shunchalik ko'p jalb qila olamiz. Bundan muhimroq ustuvor vazifa yo'q", - dedi AQSh elchisi.