Accessibility links

Breaking News

AQSh: Afg'oniston xalqiga sarmoya kiritamiz


Afg'oniston ayollari
Afg'oniston ayollari

Afg‘oniston xalqi o‘nlab yillar davom etgan mojarolar, kuchli qurg‘oqchilik, COVID-19 va endemik korrupsiya tufayli kelib chiqqan gumanitar va iqtisodiy inqirozlar domiga botgan. Tolibonning qatag'onlari va iqtisodiy noto'g'ri boshqaruvi uzoq yillik iqtisodiy muammolarni yanada kuchaytirmoqda.

BMT Taraqqiyot dasturiga ko‘ra, Tolibon o’tgan 12 oy ichida 10 yillik iqtisodiy o‘sishni ortga qaytargan va ayollarga nisbatan cheklovlar 1 milliard dollargacha iqtisodiy yo‘qotishga olib kelishi mumkin.

Afg‘oniston iqtisodiy tiklanishining kaliti jamiyatning barcha a’zolari, jumladan, ayollar va qizlarning ishtiroki bilan bog’liq. Ammo "barchamizga ma'lumki," dedi BMT maslahatchisi Jon Kelli, "Tolibon barcha afg'onlar, xususan, ayollar va qizlar uchun inson huquqlaridan foydalanishni keskin cheklab qo'ydi".

So‘nggi paytlarda Tolibon afg‘on ayollarining bog‘lar, sport zallari va hammomlarga borishiga taqiq qo’ydi. Bu jamiyatda ayollarning ishtirokini cheklash bo‘yicha olib borilayotgan tizimli sa’y-harakatlarning bir qismidir.

AQSh afg'on xalqini dastaklashda davom etadi
please wait

No media source currently available

0:00 0:01:30 0:00

Bunday cheklovlar ayollarning keyingi avlodini o'z oilalarini boqish va jamiyatga hissa qo'shish imkoniyatlaridan mahrum qiladi. Iqtisodiyotda ayollarning to'liq ishtirokisiz Afg'onistonning to'liq tiklanishi mumkin emas. Xotin-qizlar ish kuchidan chetlashtirilsa, aholining yarmida iste'dod va mehnat unumdorligini yo'qoladi.

“Agar ularga ruxsat berilsa, ayollar qashshoqlikka duch kelgan oilalar uchun hayotlarini yaxshilash imkoniyatlarini berishi mumkin. Eng zarur paytda ular yanada barqaror va bardoshli jamiyatlarni yaratishga yordam berishi mumkin, - deydi maslahatchi Kelli.

Sentabr oyida AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Afg'oniston ayollarining iqtisodiy barqarorligi alyansi tuzilganini e'lon qildi. Alyans davlat-xususiy sherikligi asosida boʻlib, afgʻon ayollarining mehnatda ishtirok etishi, tadbirkorligi va taʼlimini rivojlantirishga qaratilgan. Qo'shma Shtatlar ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlovchi tashkilotga 1,5 million dollar ajratdi.

Avgust oyida Qo'shma Shtatlar Afg'onistonda gender tengligi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishni qo'llab-quvvatlash uchun 30 million dollar ajratilishini e’lon qilgan edi.

Shubhasiz, Qo'shma Shtatlar Afg'oniston xalqining kelajagiga sarmoya kiritmoqda. Biz xalqaro hamjamiyat bilan birga barqaror, farovon va o‘ziga ishongan, barcha fuqarolarining inson huquqlarini hurmat qiladigan Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.

XS
SM
MD
LG