Raqamli yutuqlar hamma joyda odamlar va jamiyatlar uchun ulkan ne'mat va ayni paytda zamonamizning eng katta xavfsizlik muammolaridan biridir. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo 60 dan ortiq davlat va Yevropa Ittifoqining qo'shma bayonotiga ko'ra, "kiber makondan zararli foydalanish bugungi o'zaro bog'liq dunyoda jiddiy muammo tug'diradi, chunki davlatlar aloqa, savdo va boshqaruv uchun raqamli infratuzilmaga tayanib kelmoqda".
"Kiberxavfsizlik bizning eng asosiy tizimlarimiz - iqtisodlarimiz va demokratik institutlarimiz ishlashiga imkon beradi, - dedi AQShning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild. - Shunga qaramay, juda ko'p davlat institutlari va nodavlat guruhlar buning ziddini qildi".
“Dunyo boʻylab ular raqamli aloqadan jabrlanuvchilardan moddiy manfaat undirish, hukumatlar va xususiy tashkilotlardan pul va gʻoyalarni oʻgʻirlash, jurnalistlar va huquq himoyachilarini nishonga olish, boʻlajak mojarolarga tayyorlanish hamda muhim infratuzilmalarimizga, hatto BMTning o’zida, tahdid solish maqsadida foydalanmoqda”, - dedi AQSh elchisi.
“Ko‘p marotaba va konsensus asosida qabul qilingan Kibermakonda davlatlarning mas’uliyatli xatti-harakatini belgilash dasturi xalqaro huquqning kibermakonda qo‘llanilishini hamda davlatlar tinchlik davrida odatdagi me’yorlarga rioya qilishini belgilab beradi” - dedi elchi Tomas-Grinfild. - Shunga qaramay, ushbu dasturni ma'qullaganlarning ba'zilari qoidalarni e’tiboriz qoldirmoqda va hatto bundan ham yomoni, g’arazli guruhlarni qo’llab-quvvatlamoqda".
Your browser doesn’t support HTML5
“Bunga KXDRning ommaviy qirgʻin qurollari va ballistik raketa dasturlarini moliyalashtirish uchun foydalanadigan zararli kiber operatsiyalari misol bo’ladi. Bu Rossiyaning Ukraina, Germaniya, Chexiya, Litva, Polsha, Slovakiya va Shvetsiyadagi kiberfaoliyatini oʻz ichiga oladi. Boshqa faoliyatlar qatorida Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi siyosiy partiyalar va demokratik institutlarni ham nishonga olgan”, - dedi AQSh rasmiysi.
"Nafaqat bu, Rossiya hukumati so'nggi yillarda kasalxonalar va boshqa muhim infratuzilmalarga milliardlab dollar jiddiy zarar yetkazgan toifalar uchun xavfsiz boshpana bo'lib xizmat qildi", - deya qo’shimcha qildi u.
“Biz har bir davlatni Konstitutsiyani amalga oshirishga va kibermakonda tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z hissasini qo‘shishga chaqiramiz”, - dedi elchi Tomas-Grinfild.
“Keling, xalqaro huquqning davlat xatti-harakatlariga tatbiq etilishini yana bir bor tasdiqlaylik va qo’llab-quvvatlaylik, - dedi elchi Tomas-Grinfild. - Tinchlik davrida mas’uliyatli davlat xatti-harakatining ixtiyoriy normalariga rioya qilinishini targ‘ib qilaylik va kiber hodisalardan kelib chiqadigan mojarolar xavfini kamaytirishga yordam beraylik. Keling, qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni qo'llab-quvvatlaylik va raqamli dunyo jismoniy dunyoga yaxshiroq ta'sir qilishini ta'minlaylik”.