Dunyo bo'ylab hukumatlar va faollar diniy erkinlikni targ'ib qilmoqda

Shinjondagi uyg'urlar hukumat xalqaro jurnalistlar uchun uyushtirgan tashrif paytida mahallaiy masjidda ibodat qilmoqda, 2021-yil, 19-aprel.

AQSh Davlat departamentining Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha yillik hisobotida 200 ga yaqin mamlakatda diniy erkinlikka tahdidlar mavjudligi kuzatilgan. Hujjatlashtirilgan tahdidlar hukumatlar, zo'ravon ekstremistik guruhlar va nafrat bilan harakat qilayotgan va ko'pincha jazosiz qoladigan shaxslar tomonidan sodir etilmoqda.

Hisobotda, shuningdek, mamlakatlar diniy erkinlikni himoya qilish va targ‘ib qilish yo‘lida amalga oshirayotgan qadamlar ham bayon etilgan. Davlat kotibi Entoni Blinken so'nggi hisobotni e'lon qilishda muhim misollarga ishora qildi:

“Oʻtgan noyabr oyida Chexiya 60 ga yaqin mamlakatdan amaldorlar, amaliyotchilar, din va fuqarolik jamiyati yetakchilarini diniy erkinlikni taʼqib qilayotgan avtoritar hukumatlarga qarshi turish yoʻllarini o’zaro boʻlishish uchun yig’di. Saudiya Arabistoni o‘zining davlat maktablari darsliklaridan diniy ozchiliklarga nisbatan eksklyuziv va nafratli so‘zlarni olib tashlashda davom etmoqda; tinchlik va bag‘rikenglikni targ‘ib qiluvchi yangi nashrlarni joriy qilmoqda. Germaniyada rasmiylar Iroq va Suriyada yazidiylar, nasroniylar, shia musulmonlari va boshqa diniy ozchiliklarga qarshi genotsid va vahshiylik sodir etgan IShID jangarilarini jinoiy javobgarlikka tortish uchun omon qolganlar bilan ishlamoqda”.

SEE ALSO: AQSh davlat kotibi: diniy erlinlik insoniyatning eng muhim qadriyati

Blinkenning so'zlariga ko'ra, AQSh hamkorlari bilan birgalikda dunyo bo'ylab diniy erkinlikni rivojlantirishda davom etadi.

“2021-yildan beri biz ushbu sa'y-harakatlarga 100 million dollardan ortiq mablag' ajratdik. Biz diniy zo'ravonlikning oldini olish tashabbuslarini qo'llab-quvvatladik; diniy ta'qibga uchragan odamlarga huquqiy yordam ko'rsatdik. Biz huquqbuzarliklarni hujjatlashtirishga yordam beradigan minglab huquq himoyachilarini o'qitganmiz. Shuningdek, diniy zulmdan qochganlarni qo'llab-quvvatlash uchun yuzlab million dollarlik insonparvarlik yordamini davom ettirdik. Avlodlar davomida xalqimiz diniy ta'qiblarga uchragan yuz minglab qochqinlarni kutib oldi. Biz butun dunyo boʻylab diniy erkinlik huquqidan foydalanganliklari uchun qamoqdagi odamlarning ozod etilishini taʼminlash uchun tinimsiz ishlaymiz”, - dedi u.

Dunyo bo'ylab odamlar diniy erkinlikni targ'ib qilish uchun astoydil harakat qilmoqda, dedi AQSh rasmiysi.

“Biz Eronda va butun Yaqin Sharq bo'ylab tazyiq va ta'qibga uchragan bahoiylar nomidan gapirayotgan diniy rahbarlarni ko'ryapmiz. Xitoyda Shinjondagi asosan musulmon uyg‘urlarga qarshi sodir etilayotgan genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar haqida xabardorlikni oshirayotgan Rushan Abbos kabi faollar bor”, - dedi AQSh davlat kotibi.

SEE ALSO: AQSh diniy erkinlikni buzuvchi davlatlar ro'yxatini e'lon qildi

"Diniy erkinlikni himoya qilish va uni rivojlantirishga qaratilgan bu harakatda biz hammamiz birgamiz", - deya qo’shimha qildi Blinken.