AQSh: Xavfsiz va qonuniy migratsiya tarafdorimiz

AQSh Prezidenti Jo Bayden chegarani ko'zdan kechirmoqda, El-Paso, Texas, 2023-yil, 8-yanvar.

2022-yil iyun oyida Prezident Jo Bayden migratsiya va migrantlar himoyasi bo'yicha Los-Anjeles deklaratsiyasini qabul qilish uchun yigirmaga yaqin davlatni yig’di.

“Biz xavfsiz, tartibli, insonparvar va muntazam migratsiyani ta’minlash hamda odamlarga o‘z mamlakatlarida yashashlariga yordam berish uchun mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish zarurligini birgalikda e’tirof etdik”, — dedi Davlat kotibi Entoni Blinken yaqinda o‘tkazilgan BMT Bosh anjumanida.

“Birgalikda biz allaqachon mamlakatda bo'lgan migrantlarning qonuniy maqomga ega bo'lishini osonlashtirmoqdamiz. Masalan, butun mintaqa hukumatlari venesuelaliklarga qonuniy rezidentlik maqomini olishga yordam bermoqda. Kolumbiya, Ekvador, Peru muhojirlarni qabul qiluvchi jamoalar va iqtisodlarga toʻliq qoʻshish choralarini koʻrmoqda”, - deya qo’shimcha qildi u.

“Biz, shuningdek, odamlarni chegaralarimizga xavfli sayohat qilishdan qaytarish uchun xavfsiz migratsiya yo‘llarini targ‘ib qilmoqdamiz”, - dedi Blinken.

“Biz gumanitar asosda oilalarni birlashtirish va qochqinlarni joylashtirish bo'yicha yillik rejamizni 125 000 ga oshirish orqali Qo'shma Shtatlarda qonuniy migratsiyaning eng yirik kengayishlaridan birini amalga oshirdik. Shuningdek, biz tartibsiz migratsiyaning oldini olish uchun majburiy choralarni kuchaytirdik”, - dedi AQSh davlat kotibi.

“Safe Mobility” tashabbusi orqali Lotin Amerikasidagi shaxslar boshqa mamlakatlar qatori Qo'shma Shtatlarga qonuniy kirish uchun onlayn ariza berish imkoniyatiga ega bo’ladi.

SEE ALSO: AQSh: Farovon dunyo qurish uchun xalqaro hamkorlik muhim

Qo'shma Shtatlar, shuningdek, viza cheklovlari va moliyaviy sanksiyalar orqali odam savdosi va kontrabandani to'xtatishga harakat qilmoqda.

"Biz jinoiy tarmoqlarga qarshi kurashmoqdamiz va xavfli tartibsiz migratsiya yoʻnalishlarini osonlashtirish uchun reyslar va qayiqlarni ishga solgan kompaniyalarga nisbatan ham xuddi shunday choralarni qoʻllaymiz", - dedi Blinken.

Vitse-prezident Kamala Xarris boshchiligida Markaziy Amerikani oldinga siljitish tashabbusi Gonduras, Gvatemala va Salvadorda xususiy sektorga 5,2 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritdi.

Blinkenga ko’ra, Qo'shma Shtatlar Lotin Amerikasi va Karib dengizi bo'ylab qo'shimcha ravishda 685 million dollardan ortiq sarmoya kiritishni rejalamoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni kuchaytiradi

“Ushbu yangi mablag' qochqinlar, zaif muhojir aholi va qabul qiluvchi mamlakatlarga yordam berish uchun qariyb 369 million dollarni, shuningdek, Kolumbiya, Ekvador va Perudagi venesuelalik muhojirlar va ko'chirilganlar uchun 228 million dollar shoshilinch oziq-ovqat yordamini o'z ichiga oladi. Bizning yordamimiz, shuningdek, Jahon bankining Lotin Amerikasi va Karib havzasidagi global imtiyozli moliyalashtirish vositalariga 10 million dollar ajratadi”, - dedi Blinken.

"Ishonchim komilki, biz birgalikda migratsiya qonuniy yo'l bilan amalga oshiriladigan tanlov mavjud bo'lgan va barcha odamlar xavfsizlik, qadr-qimmat va imkoniyatlar bilan yashay oladigan jamiyatni qurish yo’lida harakat qila olamiz", - dedi Davlat kotibi Entoni Blinken.