Qo'shma Shtatlar o'n yildan ortiq vaqtdan beri avtoritar hukumatlar bilan e'lon qilinmagan axborot urushi olib bormoqda, dedi AQSh Davlat departamenti qoshidagi “Global Engagement” markazining maxsus vakili va muvofiqlashtiruvchisi Jeyms Rubin.
Xitoy Xalq Respublikasi global axborot muhitini qanday o'zgartirishga intilayotgani haqidagi so'nggi hisobot Xitoy ushbu mojaroda qo'llayotgan texnika va taktikalar haqida ma’lumot beradi.
Pekin global axborot makonini buzib ko'rsatishga urinishda yolg'on va majburlash usullarining beshta asosiy toifasini qo'llaydi, dedi maxsus elchi Rubin.
“Bular: tashviqot va senzuradan foydalanish; raqamli avtoritarizmni targ'ib qilish; xalqaro tashkilotlar va ikki tomonlama sheriklikdan foydalanish; uchun mukofotlar yoki tahdid va jazo orqali ta’sir o’tkaza oladigan odamlar qo’llovini qo'lga kiritish; va nihoyat, xitoy tilidagi ommaviy axborot vositalari ustidan nazoratni amalga oshirish. Avtoritar rejimlar - XXR, Kreml va Eron o’rtasida fundamental assimetriya mavjud. Ular o'zlarining axborot makoniga kirishni to'sib qo'yishadi”, - dedi Rubin.
SEE ALSO: Demokratiyadan chekinish va unga qarshi kurash“Asimmetriya shundaki, ular erkin faoliyat yurita oladi, manipulyatsiya qiladi, dunyoning qolgan axborot makonida qoʻllaridan kelgan barcha vositalardan foydalanadi. Bundan farqli o'laroq, Qo'shma Shtatlar "erkin axborot makonini qurish, jurnalistlarni tayyorlash, jurnalistlar hukumatni javobgarlikka tortishi mumkin bo'lgan axborot muhitini yaratish uchun pul sarflamoqda", - qo’shimcha qildi maxsus elchi Rubin.
Your browser doesn’t support HTML5
Rubin axborot erkinligi targ‘ib qilinishiga ishonch hosil qilish muhimligini ta’kidladi va “siz o‘zingizga yoqmagan fikrlarni senzura qilishga intilish chegarasini kesib o‘tmasligingiz kerak”, dedi.
Ammo Xitoy, Rossiya, Eron kabi avtoritar rejimlar axborot makonini yolg‘on xabarlar, vahima va shov-shuvlar bilan to’ldirishga urinayotganini ko’rasiz, deya qayd etadi u.
"Bu ular qilmoqchi bo'lgan va biz qilmoqchi bo'lgan narsalar o'rtasidagi farq, - dedi maxsus elchi Rubin. – Bizning maqsadimiz turli fikrlarimiz qabul qilinadigan axborot maydonini yaratishdir".