Davlat kotibi Entoni Blinken Shveysariyaning Davos shahrida bo'lib o'tgan Jahon iqtisodiy forumida "tuproq biz duch kelayotgan ko'plab dolzarb milliy xavfsizlik muammolarining ildizidir", dedi.
“Yaxshi tuproq boʻlmasa, hosil yetishmaydi, narxlar koʻtariladi, odamlar och qoladi. Tuproqning eroziyaga uchrashi qurg'oqchilik, suv toshqinlari, iqlimga bog'liq bo'lgan boshqa ekstremal ob-havoning ta'sirini ham yomonlashtiradi; bu esa hosildorlikni yanada pasaytiradi va natijada oziq-ovqat yanada tanqis bo'ladi”, - dedi Blinken.
Hozirda 700 million odam ertaga to‘yib ovqatlanmasligini bilmaydi. Shuning uchun Qo'shma Shtatlar oziq-ovqat inqirozini hal qilish va undan eng ko'p zarar ko'rganlarni qo'llab-quvvatlash ustida ishlamoqda, dedi Davlat kotibi Entoni Blinken.
“2021-yilning yanvariga qaytsak, AQSh hukumati muhtoj odamlarni hayotiy oziq-ovqat bilan ta'minlash uchun 17,5 milliard dollar ajratdi. Biz Jahon oziq-ovqat dasturi byudjetining uchdan bir qismidan ko'prog'ini moliyalashdan mamnunmiz”, - deya qo’shimcha qildi u.
Qo'shma Shtatlar yaxshiroq, kuchliroq va bardoshli ekinlarni yetishtirish masalasida ham hamkorlik qilmoqda. AQShning Iqlim bo'yicha qishloq xo'jaligi innovatsion missiyasi degradatsiyaga uchragan ekin maydonlarini qayta tiklash va tuproqdagi uglerodni saqlab qolish sa'y-harakatlariga BAA bilan birga 17 milliard dollar sarmoya kiritdi.
Afrika Ittifoqi va Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti bilan birgalikda AQSh moslashtirilgan ekinlar va tuproqlar dasturini ishga tushirdi.
“Bu “Kelajak uchun ozuqa” USAID tashabbusining bir qismidir”, - deb tushuntirdi Blinken.
“Bu butun dunyo boʻylab oziq-ovqat xavfsizligiga AQSh hukumatining har tomonlama javobidir va bizning yondashuvimiz ikki tomonlama. Bu, albatta, ikkita asosiy narsaga bog'liq: Birinchidan, biz yerdan yuqorida sarmoya kiritmoqdamiz. Eng to'yimli va iqlim o'zgarishiga eng chidamli bo'lgan mahalliy Afrika ekinlarini aniqlab, ularni yaxshilaymiz va dunyoga yetkazib beramiz. Shu bilan birga, biz yer ostiga sarmoya kiritmoqdamiz. Xaritalashtirish, asrash, sog'lom tuproqlarni paydo qilish orqali. Agar buni to‘g‘ri tushunsangiz, urug‘lik va tuproqni to‘g‘ri olsangiz, bu kelajak uchun qishloq xo‘jaligi poydevori bo‘ladi”, - dedi AQSh davlat kotibi.
"Bizda bugungi kunda odamlar uchun haqiqatan ham barqaror ertangi kunni qurish imkoniyati mavjud", - dedi Blinken.