Accessibility links

Breaking News

Afg'onistonda ayollar huquqlari toptalishi davom etmoqda


Afg'oniston ayollari
Afg'oniston ayollari

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg'onistonga yordam ko'rsatish missiyasi tomonidan 6-mart kuni e'lon qilingan hisobotga ko'ra, Afg'onistonda Tolibon hokimiyatga qaytishi bilan boshlangan ayollar va qizlar huquqlarining keskin toptalishi davom etmoqda.

8-mart kuni biz Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonladik; bu yil “ayollarga sarmoya kiritish zarurligini ta’kidlaydi”, dedi BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Roza Otunbayeva.

"Afg'onistonda biz ko'rayotgan narsa buning teskarisi: qasddan investitsiya kiritmaslik, bu esa shafqatsiz va beqaror", - dedi u.

Tashkilotning har chorakda chiqadigan hisobotida ta'kidlanishicha, "Tolibon ayollar va qizlarni inson huquqlaridan foydalanish imkoniyatidan mahrum qilishda davom etmoqda", dedi AQShning BMTdagi maxsus siyosiy masalalar bo'yicha muqobil vakili Robert Vud.

“Tolibon ayollar va qizlarning oʻrta yoki oliy taʼlim olishlarini cheklovchi, ayollarning ish kuchida toʻliq ishtirok etishiga toʻsqinlik qiluvchi qattiq qarorlarni bajarishda davom etmoqda. Tolibon, shuningdek, hijob haqidagi farmonga rioya qilmagan ayollarni ham hibsga oladi”, - dedi u.

"AQSh afg'on ayollari jamiyat hayotida to'liq ishtirok eta oladigan kunga tayyorgarlik ko'rishda yordam berish uchun ular bilan hamkorlik qilishda davom etmoqda, - deya qo’shimcha qildi elchi Vud. – 27-fevral kuni (Davlat kotibi Entoni) Blinken Davlat departamentida Afg'oniston ayollarining iqtisodiy barqarorligi bo'yicha ittifoq sammitiga mezbonlik qildi".

“Kotib Blinken Tolibon farmonlari Afgʻoniston xalqi irodasiga zid ekanini taʼkidladi. So‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, afg‘on aholisining 85 foizdan ortig‘i ayollar ta’lim olishda teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi”, - dedi Vud.

AQSh: Tolibonni ayollar huquqlarini cheklovchi yo'ldan qaytarish kerak
please wait

No media source currently available

0:00 0:01:46 0:00

“Afgʻon ayollarining iqtisodiy barqarorligi uchun ittifoq butun dunyo boʻylab afgʻon ayollari uchun virtual ish oʻrgatish va malaka oshirish kurslarini taqdim etadi, - deya qoʻshimcha qildi AQSh rasmiysi. - Qatar hukumati, Qatarning “Education Above All” jamg'armasi va Amerikaning “Coursera” ta'lim kompaniyasi kabi hamkorlarimiz bilan Afg'oniston ayollarining iqtisodiy barqarorligi bo'yicha ittifoq yuz minglab afg'on ayollarini texnik kasb o'rgatish kurslari bilan ta'minlaydi. Birgalikda bu sa’y-harakatlar afg‘on ayollarini o‘z bizneslarini boshlash va rivojlantirishda yordam beradi”.

“Ayollar hissasi yanada mustahkam jamiyatni yaratishga yordam beradi va Afgʻoniston iqtisodiyotiga milliard AQSh dollaridan ortiq mablagʻ qoʻshadi, deya qo’shimcha qildi elchi Vud. - Agar ayollar va qizlarning o'z salohiyatlarini to'liq ro'yobga chiqarishiga yo'l qo'yilmasa, bu Afg'onistonning yo'qotishidir."

XS
SM
MD
LG