Accessibility links

Breaking News

AQSh global suv tanqisligiga qarshi kurashda yordam beradi


Bu yil global suv inqirozini oldindan ko‘ra olgan va uning oqibatlarini tushungan AQSh senatori Pol Saymon nomi bilan atalgan “Dunyo uchun suv” qonunining qabul qilinganiga o‘n yil to’ladi. Qonun dunyodagi eng zaif jamoalar uchun suv va kanalizatsiyadan foydalanish imkoniyatini oshirishga yordam beradi.

Senator Saymonning qurib borayotgan Orol dengiziga qilgan tashrifini eslar ekan, USAID rahbari Samanta Pauerning aytishicha, senator “suvsiz bo'ron” kelishidan, kasallik va eroziya darajasi oshib borishidan hamda mamlakatda va xorijda beqarorlik kuchayishidan xavotirlangan.

Senator Saymon o'z sa'y-harakatlari natijasini ko'ra oladigan darajada uzoq yashamagan bo'lsa-da, 2005-yilda kambag’al jamoalarning suvga ehtiyojini ta’minlashga yordam beruvchi qonunni qabul qilishga muvaffaq bo’ldi. Uning maqsadi "rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xavfsiz suv va kanalizatsiyadan foydalanish imkoniyatini yaratishni AQSh tashqi yordam dasturlarining o'ziga xos siyosatiga aylantirish" edi.

Oradan to'qqiz yil o'tgach, "Dunyo uchun suv akti"ning qabul qilinishi bilan qonun rivojlanib borayotgan global suv, sanitariya va gigiyena dasturlarini ham o’z ichiga oldi. Uni amalga oshirish AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi zimmasiga yuklatildi.

“Dunyo uchun suv loyihasi qonunga aylanganidan beri USAID 42 million kishi toza suv va 38 million kishi sanitariya xizmatlaridan foydalanishiga yordam berdi”, - dedi Pauer.

Shunga qaramay, bugungi kunda suvning yetishmasligi butun dunyoda misli ko'rilmagan inqirozlarni keltirib chiqarmoqda.

"2010-yildan 2019-yilgacha suv butun dunyo bo'ylab 300 ga yaqin mojarolarga sabab bo'lgan, - dedi AQSh rasmiysi Samanta Pauer. – Va bu faqat boshlanishi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisob-kitobiga ko'ra, suv tanqisligi ushbu o'n yillik oxiriga kelib 700 millionga yaqin odamning ko'chishi va migratsiyasiga sabab bo’ladi”.

2008-yildan beri USAID suv va kanalizatsiya bo‘yicha AQSh yordami doirasida 70 million kishiga ichimlik suvi xizmatlaridan foydalanishga yordam berdi, 55 millionga yaqin odamni barqaror sanitariya imkoniyatlari bilan ta’minladi. 2018-yildan buiyon sanitariya va suv sohalariga 590 million dollarlik yangi moliya jalb qilindi.

“Ammo hozir dam olish vaqti emas. Suv tanqisligi bundan ham katta muammo, chunki ekstremal ob-havo va issiqlik o'tmishda suv tanqisligi haqida juda ko'p tashvishlanmagan ko'plab jamoalarga ta'sir qiladi , - dedi Pauer. - Biz global suv xavfsizligini rag'batlantirish, har bir insonning toza suv, sanitariya va gigiyena uchun bo’lgan universal huquqini amalga oshirishga yordam berish majburiyatini yana bir bor qayd etishimiz kerak".

XS
SM
MD
LG