Okean iqlim inqirozini hal qilish bo'yicha harakatlarimizda markaziy o'rin tutadi. Bu iqlim o'zgarishidan sayyoramizga yetkazilgan zararning yaqqol ko'rsatkichi va global isishni to'xtatish yoki ortga qaytarish bo'yicha global sa'y-harakatlarning muhim qismidir.
"Sayyoramiz uchun juda muhim o'n yillikdamiz va vaqt biz tomonda emas", - dedi AQSh Davlat kotibining Xalqaro atrof-muhit va ilmiy ishlar bo'yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Jennifer Littljon "Okeanimiz" deb nomlangan konferensiyada.
“Okean kundan-kunga isib, kislotaligi kuchayib va unumdorligi pasayib borsa, dengiz sathi ko'tariladi va bo'ronlar kuchayadi. Okeandagi eng kichik marjonlardan tortib eng katta kitlarga qadar turli jonzotlar hayoti xavf ostida. Oziq-ovqat xavfsizligi, iqtisodiy xavfsizlik va barchamiz uchun farovonlik ham shunday”, - dedi AQSh rasmiysi.
Biroq, “vaqt biz tomonda bo'lmasa-da, biz hozir harakat qilish uchun kuchga egamiz. Biz birgalikda harakat qilish uchun kuchimiz bor”, - deya qo’shimcha qildi AQSh Davlat kotibi yordamchisi vazifasini bajaruvchi Littljon.
“2050-yilda global haroratni bir yarim darajagacha kamaytirish uchun zarur boʻlgan issiqxona gazlari emissiyasini yillik qisqartirishning 35 foizini okeanga asoslangan iqlim yechimlari berishi mumkin. Ushbu yechimlar yuk tashish sanoatini karbonsizlantirish, okeanlarning yashash joylarini tiklash va saqlash, qayta tiklanadigan energiyani targ'ib qilish va boshqa ishlarni o'z ichiga oladi”, - dedi rasmiy.
"Ko'p narsa xavf ostida ekan, bu yanada ishonchli va aniq harakatlarni taqozo qiladi", - dedi Davlat kotibi yordamchisi vazifasini bajaruvchi Littljon. - Qo'shma Shtatlar o'z uyida va butun dunyo bo'ylab okean bo'yicha 30 dan 30 gacha maqsadlarga erishishga intiladi va biz barcha mamlakatlarni okean suvlarining kamida 30 foizini saqlab qolish va himoya qilish majburiyatini olish bo’yicha Okeanni muhofaza qilish va'dasiga qo'shilishga taklif qilamiz".
“Okeanimiz” konferensiyasining ikki kuni davomida AQSh qiymati yarim milliard dollardan ortiq bo‘lgan 57 ta majburiyatni e’lon qildi.
“Biz issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va iqlimga chidamlilikni yaxshilash, okean asosidagi iqlim yechimlarini qo‘llab-quvvatlash uchun qariyb 230 million ajratyapmiz. Biz baliqchilikni mas'uliyatli boshqarish va okeanlarni himoya qilish bo'yicha uzoq yillik majburiyatimizni namoyish qilib, noqonuniy, xabar berilmaydigan va tartibga solinmagan baliq oviga qarshi kurashish bo'yicha majburiyatlarni e'lon qilamiz. Biz okeanlarning ifloslanishiga qarshi kurashish uchun 78 million dollardan ortiq mablag’ ajratmoqdamiz; shu jumladan, plastik ifloslanishni tugatish xalqaro hamkorlik tashkiloti uchun 14,5 million dollar beramiz”, - deydi Littljon.
"Bizning muammoimiz va imkoniyatimiz harakat qilishning ayni vaqti bo’lgan imkoniyatdan foydalanish va okeanning xarob bo’lishini bartaraf etishdir. Keling, birgalikda ishlashda davom etamiz. Okean harakati vaqti keldi", - dedi Davlat kotibi yordamchisi vazifasini bajaruvchi Littljon.