Accessibility links

Breaking News

Ukrainadagi urush dunyo xavfsizligiga tahdid solishda davom etmoqda


Ukraina va Rossiya o‘rtasida davom etayotgan urush oqibatida xalqaro tinchlik va barqarorlikka tahdidlar kelib chiqishda davom etmoqda. Rossiya jang maydoniga kimyoviy qurollarni joylashtirib, tinch aholini o'ldirishda hamda Ukraina muhim infratuzilmasini yo'q qilishda davom etar ekan, Eron, Shimoliy Koreya va Xitoy Rossiyaga urush olib borishi uchun zarur bo'lgan qurol-yarog’ni taqdim etmoqda.

Terrorizmning dunyodagi yetakchi homiysi boʻlgan Eron Rossiyaning agressiyasini toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy yordam bilan kuchaytirmoqda; Kremlni Ukraina tinch aholisi va infratuzilmasiga qarshi qoʻllanilayotgan halokatli qurollar bilan taʼminlamoqda, dedi AQShning BMTdagi maxsus siyosiy masalalar boʻyicha muqobil vakili Robert Vud.

“Ukrainaning Sovet Ittifoqidan mustaqilligi kunida Rossiya butun Ukraina boʻylab elektr stantsiyalari va tabiiy gaz inshootlari kabi muhim infratuzilmaga qaratilgan yirik hujumda yuzga yaqin dronlar va suzuvchi bombalardan foydalanganligi xabar qilindi. Rossiya Eron bilan hamkorligi tufayli ushbu dronlarni sotib oladi yoki ishlab chiqaradi”, - dedi u.

"Agar Eron Rossiyaga ballistik raketalarni topshirishda davom etsa, bu keskinlik kuchayib, xalqaro tinchlik va xavfsizlikka jiddiy xavf tug'diradi", - deb ogohlantirdi elchi Vud.

Koreya Xalq Demokratik Respublikasining (KXDR) Rossiyaga ballistik raketalarni o‘tkazishi ham Ukrainaga katta zarar yetkazmoqda, dedi Vud.

“KXDR Rossiyaga noqonuniy ravishda o‘nlab ballistik raketalar va 16 500 dan ortiq konteyner o‘q-dorilar va ular bilan bog‘liq materiallarni yetkazib, Ukraina xalqining azob-uqubatini uzaytirdi. Rossiyaning KXDR ballistik raketalarini sotib olishi BMTning KXDRga qo’ygan qurol embargosini buzadi; vaholani, Rossiyaning o‘zi bu embargoni qo‘llab-quvvatlagan”, - deya qo’shimcha qildi AQSh rasmiysi.

Rossiya Xitoydan ham katta yordam olmoqda, dedi elchi Vud.

“Xitoy Rossiyaga nitrosellyuloza, stanoklar, mikroelektronika, optika, shuningdek, Rossiya tinch aholiga va Ukraina infratuzilmasiga qarshi hujumlarda qoʻllaydigan dronlar va qanotli raketa texnologiyalarini eksport qilmoqda. Biz so‘nggi bir yarim yil ichida Rossiya qurol-yarog‘i, jumladan, tanklari, raketalar va o‘q-dorilari Xitoyning ikkilamchi maqsadlardagi importi hisobiga ko‘payganini ko‘rdik”, - dedi Vud.

AQSh: Ukraina bosqini uchun javobgarlarni jazoga tortamiz
please wait

No media source currently available

0:00 0:02:02 0:00

Qo'shma Shtatlar Kremlning bosqinchilik urushi qurbonlari uchun adolat talab qilishda davom etadi va aybdorlar javobgarlikka tortiladi, deya davom etdi elchi.

"Biz Rossiyaga va uning Ukraina xalqiga qarshi shafqatsiz bosqinchilik urushiga yordam berganlarni nomma-nom sanashda davom etamiz", - dedi u.

XS
SM
MD
LG