Accessibility links

Breaking News

Tramp: Amerikaning oltin davri boshlandi


AQSh Prezidenti Donald Tramp
AQSh Prezidenti Donald Tramp

“Prezidentlik lavozimiga ishonch va optimizm bilan qaytdim, chunki biz milliy muvaffaqiyatning hayajonli yangi davrini boshlayapmiz”, - dedi Donald Tramp, AQShning 47-prezidenti sifatida xalqiga qilgan ilk murojaatida.

“Erkinliklarimiz va millatimizning buyuk taqdiri endi rad etilmaydi. Biz Amerika hukumati yaxlitligi, malakasi va sadoqatini darhol tiklaymiz”, - deya qo’shimcha qildi.

Prezident Trampga ko’ra, “Respublikani qaytarib olish yoʻli oson kechmagan”:

“Faqat bir necha oy oldin, Pensilvaniya shtatidagi bir goʻzal dalada, qotilning oʻqi qulogʻimni teshib oʻtdi. Oʻsha vaqtda ham, bugun bundan ham koʻproq ishonamanki, mening hayotim bir sabab uchun saqlab qolindi. Xudo meni Amerikani buyuk qilish uchun saqladi”.

“Shu sababli har kuni... biz maqsad bilan, tezkorlikda harakat qilib, har bir irq, din, rang va e’tiqoddagi fuqarolar uchun umid, farovonlik, xavfsizlik va tinchlikni qaytarishga intilamiz”, - dedi u.

Prezident Tramp oʻz muddatini bir qator ijro farmonlari bilan boshlashini e’lon qildi; bu farmonlar “Amerikani toʻliq tiklash va oddiy fikr inqilobini boshlash”ga qaratilgan.

Avvalo, Prezident Tramp janubiy chegara boʻyicha favqulodda holat e’lon qildi. Bu jarayon millionlab jinoyatchi muhojirlarni kelib chiqqan joylariga qaytarish bilan boshlanadi.

Prezident Tramp giyohvand modda kartellarini xorijiy terrorchi tashkilotlar sifatida belgiladi.

Inflatsiyani kamaytirish maqsadida, Prezident Tramp milliy energiya favqulodda holatini e’lon qildi va Amerika nefti va tabiiy gazini qazib olishni tezlashtirishga kirishdi.

“Amerika yana ishlab chiqarish davlatiga aylanadi va bizda hech bir boshqa ishlab chiqaruvchi davlatda boʻlmagan narsa bor — dunyodagi eng katta miqdordagi neft va gaz zaxiralari — va biz ularni foydalanamiz”, - dedi u.

“2017-yildagi kabi, biz yana dunyodagi eng kuchli armiyani barpo etamiz”, - deb va’da berdi Prezident Tramp.

“Biz muvaffaqiyatimizni nafaqat yutgan janglarimiz, balki tugatgan urushlarimiz — va ehtimol, eng muhimi, umuman kirishmagan urushlarimiz orqali oʻlchaymiz”, - dedi u.

“Amerika dunyodagi eng buyuk, eng qudratli va eng hurmat qilinadigan davlat sifatidagi oʻz haqqoniy oʻrnini tiklaydi, butun dunyo hayrat va qoyil qolgan holda unga boqadi”, - dedi Prezident Tramp.

“Biz dadil turamiz, gʻurur bilan yashaymiz, katta orzu qilamiz va yoʻlimizda hech narsa toʻsiq boʻla olmaydi, chunki biz amerikaliklarmiz. Kelajak bizniki va bizning oltin davrimiz endigina boshlandi”, - dedi AQShning yangi rahbari.

XS
SM
MD
LG