Blinken: Afg'onistonliklarni ko'chirishga yordam bergan amerikaliklardan minnatdormiz

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken (chapda) #AfghanEvac koalitsiyasi asoschisi Shon VanDiver bilan anglashuv memorandumini imzolamoqda.

Amerika Qo'shma Shtatlari AQSh fuqarolari va boshqa ko'ngillilarni afg'onistonliklarni AQShga ko'chirish va joylashtirish ishlarida ko’rsatayotgan yordami uchun olqishlaydi. Ayniqsa, Davlat kotibi Entoni Blinken #AfghanEvac koalitsiyasi Davlat departamenti bilan hamkorlikda erishgan yutuqlarni e’tirof etdi.

#AfghanEvac koalitsiyasi minglab koʻngillilar, jumladan faxriylar, AQShda yashovchi afgʻonlar va Afgʻonistonga umrida qadam bosmagan koʻplab AQSh fuqarolaridan iborat tashkilotdir. Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha byurosi #AfghanEvac koalitsiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib, AQSh bilan ishlagan afg’onistonliklarni Qoʻshma Shtatlarga qayta joylashtirish jarayonida yordam beradi.

#AfghanEvac koalitsiyasi "davlat-xususiy sheriklik qanday bo'lishi kerakligi haqida namunadir, - dedi Blinken. - Biz bunga umumiy maqsad yo’lida, umumiy maqsad va harakatni ko’zlagan jamiyat bilan birga ishlaganimiz uchun erishdik".

SEE ALSO: AQSh: Afg'oniston xalqiga sarmoya kiritamiz

“Vatandoshlarimizning saxiyligi tufayli biz 2021-yil sentabrdan beri 24 mingdan ortiq afg‘onni Qo‘shma Shtatlar va uchinchi davlatlarga ko‘chirdik. Umuman olganda, biz jami 97 mingdan ortiq afg'onistonlikni AQShga ko'chirdik”, - dedi Blinken.

Bu muvaffaqiyatlarga qaramay, "bu ish hali tugatilmagan", dedi kotib Blinken. Davlat departamenti #AfghanEvac koalitsiyasi bilan hamkorlikni davom ettirish uchun oʻzaro anglashuv memorandumini e’lon qildi.

“Yaqinda imzolanadigan anglashuv memorandumi bizga bir-birimiz bilan maʼlumot almashishni davom ettirish, fuqarolik jamiyatining qoʻshimcha hamkorlari bilan muloqotimizni muvofiqlashtirish, afgʻon hamkorlarimizga xizmat koʻrsatishning koʻproq va yaxshiroq yoʻllarini topish boʻyicha davom etayotgan saʼy-harakatlarimizni muvofiqlashtirish imkonini beradi", - dedi AQSh davlat kotibi.

SEE ALSO: Blinken: Afg'oniston bo'yicha hamkorlarimiz bilan siyosatimiz bir xil bo'lishi muhim

#AfghanEvac koalitsiyasi koʻngillilarining mashaqqatli mehnati, dedi Blinken, Amerikaning kim ekanligini koʻrsatadi.

“Bu shuni anglatadiki, AQSh rahm-shafqatli mamlakat, turli xil kelib chiqish, turli e'tiqoddagi katta qalbli odamlarga to'la; ammo barchasi hamma narsani tashlab, birgalikda ishlashga, bir jamoa bo'lib boshqalarga yordam berishga tayyor”, - dedi AQSh Davlat kotibi.