AQSh Ukraina dehqonlariga yordam bermoqda

Ukraina g'allasi

Ikki yil avval Ukrainada urush boshlanganidan beri AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) ukrainaliklarga yordam berish uchun 29 milliard dollardan ko'proq mablag’ sarfladi. 17 million ukrainalik - mamlakat aholisining deyarli yarmi bu yordamdan foydalandi. Xalqaro ko’mak nafaqat ko‘chirilgan ukrainaliklarga va front hududidagilarning omon qolishiga yordam berdi, balki Ukraina uzoq muddatli kuch olib, o‘ziga ishonchni mustahkamlashga ham hissa qo’shdi.

Isobel Koulmen - USAID ma'muriyati rahbari o'rinbosari. Uning aytishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga bostirib kirishdagi maqsadlaridan biri mamlakatni iqtisodiy jihatdan tiz cho‘ktirish edi. Biroq u bu ishda "ajoyib tarzda muvaffaqiyatsizlikka uchradi", deydi u.

“Ukrainaning doʻstlari, jumladan Qoʻshma Shtatlar, Yevropa ittifoqchilari va dunyoning turli burchaklaridagi davlatlar ukrainalik dehqonlarga yordam berish uchun birgalikda faoliyat olib bordi.Biz USAIDda ukrainalik fermerlarni urug'lik va o'g'itlar bilan ta'minlash, moliyalashtirish va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini darhol eksport qila olmaganlarida qo'shimcha saqlash joylari bilan ta'minlash bo’yicha ishladik", - deya qo’shimcha qildi u.

USAID muqobil eksport marshrutlarini mustahkamlash va Qora dengizdagi shikastlangan portlarni tiklash uchun sarmoya kiritish ustida ham ishladi, dedi Koulmen:

SEE ALSO: AQSh dunyo bo'ylab oziq-ovqat inqirozidan xavotirda

“Biz ukrainalik eksportchilar bilan ishladik, masalan, Dunay portlariga va u yerdagi barjalarga koʻproq don olib kelishlari uchun ularni yirikroq vagonlar bilan taʼminladik. Biz portlarning o'zlari bilan ikki o’rtada qatnaydigan kemalarni topishda va Dunay portlarida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tushirishni tezlashtirish masalalarini hal qildik. Jarayonni optimallashtirish uchun turli chegara o‘tish joylariga investitsiyalarni ko‘paytirdik”, - dedi USAID rasmiysi.

Strategiya o’z samarasini bermoqda. Bugun Ukraina iqtisodiyoti yana o’sishni boshladi. Korxonalar tiklanmoqda va xalqaro investitsiyalar qaytmoqda.

USAID ushbu taraqqiyotni yaxshilashga, jumladan, siyosat islohotlarini qo‘llab-quvvatlashga intiladi.

Your browser doesn’t support HTML5

Putin boshlagan urush oziq-ovqat xavfsizligiga qanday ta'sir qiladi?

“Fermerlar avvalgidek samarali bo‘lishlari uchun zarur bo‘lgan energiya va suv resurlariga ega bo’lishlariga ishonch hosil qilish uchun butun mamlakat bo‘ylab Putin kuchlari olib kelgan vayronagarchiliklarni ko‘rib chiqmoqdamiz”, - deya qo’shimcha qildi u.

Ukraina qishloq xo'jaligi dunyodagi eng zaif mamlakatlarning ayrimlarini oziq-ovqat bilan ta'minlaydi. Dunyoni oziqlantirish uchun non yetishturuvchi bu o’lkani qo’llab-quvvatlash juda muhimdir, deya qayd etdi USAID rasmiysi.