Tinchlik jarayoni ayollarni o'z ichiga olishi kerak

O'tgan yili yozda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish "Tinchlik uchun yangi kun tartibi"ni taqdim etdi. Unda BMTning serqirra kelajagi va o'zgaruvchan dunyoda uning tinchlik va xavfsizlik bo'yicha olib borayotgan ishlariga oid qarashlar aks etgan. BMT Bosh kotibining siyosiy va tinchlik o'rnatish masalalari bo'yicha o'rinbosari Rozmari DiKarloning aytishicha, ushbu siyosat "ayollarning ishtiroki mojarolarning oldini olish harakatlari bilan qanchalar uzviy bog'liq ekani"ga e’tibor qaratadi. Oddiy qilib aytganda, aholining yarmi ishtirok etmasdan va qaror qabul qilmasdan turib, barqaror tinchlikka erishib bo'lmaydi.

Mart oyi oʻrtalarida BMTning Ayollar maqomi boʻyicha komissiyasining 68-sessiyasida dunyo yetakchilari uchrashdi. AQShning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfildning aytishicha, yetakchilar "gender tengligini ta'minlash va barchaning asosiy erkinliklari va huquqlarini himoya qilish va targ'ib qilishning eng yaxshi yo'llari"ni muhokama qilishdi. "Bu muhim ishlarning barchasi bir narsaga bog'liq: Tinchlikka", - deya ta’kidladi u.

“Ayollarga kuch berish uchun qilayotgan har bir ishimiz, ayollar oʻz kuchini mustahkamlash uchun qiladigan har bir ish mojarolar tufayli yo’qqa chiqadi. Chunki biz bilamizki, mojarolar, ko‘chirilishlar, oziq-ovqat xavfsizligi, jinsiy zo‘ravonlik va urushning barcha dahshatlari ayollar va qizlarga nomutanosib tarzda ta’sir ko‘rsatadi”, dedi AQSh rasmiysi.

SEE ALSO: Afg'onistonda ayollar huquqlari toptalishi davom etmoqda

“Biz mojaroning ayollar va qizlarga ta’siri to‘g‘risida qancha ko’p bilsak ham, hech qachon yuzaga qalqib chiqmaydigan hali ko‘p narsa bor”, - deya qo’shimcha qildi elchi Tomas-Grinfild.

“Yetari xabar berilmasligi, uyat hisoblanishi, shaxsiy hayot va xavfsizlikka oid asosli muammolar tufayli zo'ravonlik sharoitida ayollar va qizlar duch keladigan xavflarning oldini olish va nazorat qilish hamda omon qolganlarni munosib darajada qo'llab-quvvatlash qiyin”. – deydi rasmiy.

"Biz ushbu Kengashda gender masalalarini birinchi o'ringa qo'yishimiz kerak va biz o'z ishimizda ayollar, tinchlik va xavfsizlik masalalarini markazga qo'yishimiz kerak", - dedi Tomas-Grinfild.

“Biz bilamizki, agar ayollar stol atrofida bo‘lsa va muloqotda to‘liq, teng va mazmunli ishtirok eta olsa, tinchlik o‘rnatish sa’y-harakatlari yanada muvaffaqiyatli bo‘ladi va tinchlik mustahkamroq bo‘ladi. Yosh liderlar bilan ham xuddi shunday. Bugungi kunda yoshlar soni rekord darajada ko’p. Ularni tinchlik jarayonlariga jalb qilish xalqlarning yana mojaroga qaytish xavfini kamaytiradi” - deya qayd etdi AQShning BMTdagi vakili.

SEE ALSO: Jinsiy zo'ravonlikka qarshi harakat aksiyasi

“Bu ishni har birimiz qilishimiz kerak. Bu jamoaviy harakatni talab qiladi”, - dedi elchi Tomas-Grinfild.

"Qo'shma Shtatlar mojarolarning oldini olish va barqarorlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha AQSh strategiyasini, jumladan, AQShning ayollar, tinchlik va xavfsizlik bo'yicha strategiyasi hamda milliy harakat rejasini amalga oshirish orqali BMTning mojarolar oldini olish va tinchlik o'rnatish sa'y-harakatlariga sodiqdir”, - deya xulosa qildi AQSh elchisi.