Accessibility links

Breaking News

AQSh Ochiq hukumat dasturi doirasida xalqaro hamkorlariga yordam beradi


USAID rahbari Samanta Pauer
USAID rahbari Samanta Pauer

Ochiq hukumat hamkorligining 2023-yilgi global sammitida so‘zga chiqqan USAID rahbari Samanta Pauer siyosiy erkinlik va demokratik mas’uliyatni oshirishda hamda ishtirokchilarga amaliy moddiy manfaatni oshirishda ushbu hamkorlikning o’rni katta ekaniga urg’u berdi.

Ochiq hukumat hamkorligi byudjetlarni qabul qilishda ishtirok etish kabi siyosatlar orqali jamiyatlar uchun aniq o’lchash mumkin bo’lgan foydalarni beradi. Bu, masalan, foydali qazilmalarni qazib olish bo'yicha shaffoflikni ta'minlaydi, dedi AQSh rasmiysi.

"Xuddi shu fuqarolar tabiiy boyliklarni sotishdan tushgan mablag'larnining bir qismini o’zlarida olib qolib, ko'proq bolalar maktabga borishini, darsliklar sotib olishni yoki maktab sinflari hajmini kengaytirishni ta’minlashlari mumkin”, - dedi Pauer.

Dastur allaqachon natija bermoqda. 17 yillik muammoli davrdan so'ng, demokratik tanazzul sur'ati nihoyat sekinlashayotganga o'xshaydi. Bu haqda “Freedom House” hisobotida qayd etiladi.

“Biz hozir avtoritarizmga qarshi kurashning potentsial nuqtasida yashayapmiz. Ukrainadagi urush esa, shubhasiz, tarixning qaysi tomonga qarab siljishini belgilan beradigan voqea. Ochiq hamkorlik dunyo uchun namuna bo'lishni davom ettirishi, rahbarlarga o'z xalqi uchun foydali ishlar qilishni ta’minlashi mumkin”, - dedi USAID rahbari.

Nigeriyaning Kaduna shtati dasturdan naf ko’rayotgan hududlardan biri.

“Ko'plab homilador onalar uyda tug'ishga majbur, chunki ular tegishli tibbiy klinikalardan foydalanish imkoniga ega emas. Tibbiyot maskanlari yomon nazorat yoki noto'g'ri boshqaruv tufayli ko'pincha yaroqsiz holga kelgan. Hukumat bu klinikalarni qanday samarali ta'mirlash bo’yicha yordamga muhtoj edi. Ular “Ko‘zlar va quloqlar” deb nomlangan ilovani ishga tushirishdi. U orqali fuqarolar o‘z jamoalaridagi tibbiy klinikalarning holati haqida fotosuratlar va fikr-mulohazalarini yuklashlari mumkin”, - deydi Pauer.

Ushbu ma'lumotlar yordamida hukumat rekord miqdordagi tibbiyot klinikalarida ta'mirlash va qurilish ishlarini yakunladi.

USAID va Ochiq hukumat hamkorligi yangi anglashuv memorandumini imzoladi. Kelgusi besh yil mobaynida ushbu memorandum asosida USAID hukumatlar va fuqarolarning birgalikda ishlashi va rahbarlarning fuqarolar oldidagi javobgarligini oshirish masalasida yordam berish majburiyatini oladi.

AQSh oddiy fuqarolarga o'z hukumatlarini muhim islohotlarni amalga oshirishga va davlat pullarini eng zarur bo'lgan joyga sarflashga undashda yordam berishda davom etadi.

XS
SM
MD
LG