Accessibility links

Breaking News

AQSh NATO sammitiga mezbonlik qiladi


AQShning Milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan
AQShning Milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan

AQShning Milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanga ko’ra, Vashington yozda NATOning 75 yilligini nishonlash uchun NATOdagi ittifoqchilarini Vashingtonda kutib olishga hozirlanmoqda. NATO shtab-kvartirasida o'tkazilgan matbuot anjumanida uning aytishicha, ushbu bo'lajak yig'ilish, shuningdek, "NATO ittifoqi har qachongidan ham kattaroq, kuchliroq va birlashganligini ko'rsatishga" xizmat qiladi.

NATOning iyul oyida boʻlib oʻtadigan Vashington sammitidagi asosiy muhokama mavzusi alyansning Ukrainani birgalikda qoʻllab-quvvatlash boʻladi, dedi Sallivan.

“Putin bu ittifoqni boʻlishga umid qilgan, ammo bugun biz yana toʻliq birdamlik va bu birlikning intensivlik darajasini eshitdik. Bu Rossiyaning shafqatsiz bosqini boshlanganidan buyon zarracha ham pasaymagan. Bugun men NATOning koʻplab turli ittifoqdoshlaridan oʻz mamlakatini himoya qilayotgan jasur ukrainaliklarga aniq yordam berish boʻyicha yangilangan majburiyatlarni eshitdim”, - deya qo’shimha qildi u.

Qo'shma Shtatlar NATOni moliyalashtirish uchun o’z yalpi ichki mahsulotining ikki foizini ajratuvchi ittifoqchilar ko’payishini ham umid qilmoqda.

AQSh elchisi: NATO kelajakka tayyorlanmoqda
please wait

No media source currently available

0:00 0:02:05 0:00

Vashingtonda muhokama qilinadigan yana bir mavzu muhim imkoniyatlarni ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun mudofaa sanoati bazasini qanday kuchaytirish haqida bo'ladi, dedi Sallivan.

“Bu faqat umumiy raqamlar haqida emas. Bu, shuningdek, biz sarmoya kiritishimiz kerak bo'lgan imkoniyatlar turlari haqida. Chunki so'nggi ikki yil davomida bu kurash bizga texnologiya va urushning rivojlanayotgan tabiati haqida o'rgatdi va NATO bu borada eng ilg'or bo'lib qolishi kerak, - dedi u.

Unga ko’ra, NATO Hindiston-Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlari bilan ham aloqalarini chuqurlashtira boshlagan.

“Bu NATOni Osiyoga olib kirish haqida emas. Bu Hindiston-Tinch okeani mintaqasidagi hamfikr hamkorlar bilan birgalikda geografiya, kiber, iqtisodiy xavfsizlik, yadroviy tarqalish va boshqa masalalar qatori Rossiya, Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi rivojlanayotgan o‘zaro bog‘liqliklardan ham ustun bo‘lgan muammolar ustida ishlash haqida”, - dedi u.

NATOning milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchilari, shuningdek, Yaqin Sharqdagi vaziyat, jumladan, Eronning mintaqaviy barqarorlik va tinch, farovon hamda o'zaro bog'liq mintaqa haqidagi tasavvurga solayotgan tahdidi haqida fikr almashdi.

NATO Shvetsiyani tez orada ittifoqning 32-a'zosi sifatida qabul qilishni intiqlik bilan kutmoqda, dedi Sallivan.

XS
SM
MD
LG