Accessibility links

Breaking News

Ayollar va yoshlar tinchlik o'rnatish uchun muhim


Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko'ra, "Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashda ayollar va yoshlar muhim rol o'ynaydi". Darhaqiqat, yoshlikdan gender tengligiga urg'u berilsa, "tinchlik va xavfsizlik choralari yangi avlodning gender tengligini cheklaydigan an’anaviy modellar va patriarxal hokimiyat tuzilmalarining takrorlanishiga yo'l qo'ymaydi". Shuningdek, yosh ayollarga foyda keltiradigan tashabbuslar yanada teng va barqaror jamiyatlarni yaratishga yordam beradi.

"Qo'shma Shtatlar uzoq vaqtdan beri ishonadigan narsa shuki, biz yoshlarni ko'tarsak, ayollarni ko'targan bo’lamiz; ayollarni qo’llasak, biz yoshlarni qo’llagan bo’lamiz. Biz ikkalasini ham qo’llab-quvvatlasak, butun jamoalarga kuch beramiz va bu guruhlarning o‘z jamoalarida vakolatlarini kuchaytirish barchamiz uchun xavfsizroq va tinchroq dunyoni yaratadi”, - dedi AQShning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild.

“Afsuski, hozirda yoshlar va ayniqsa, yosh ayollar mojarolardan nomutanosib jabr ko’rmoqda. Zo'ravonlik ularning ta'limini buzadi va ish imkoniyatlarini pasaytiradi, kelajakka bo'lgan umidlarini puchga chiqaradi. Bu ularning fuqarolik joylariga kirishini cheklaydi va iqtisodiy salohiyatini pasaytiradi”, - dedi AQSh diplomati.

Shunday bo‘lsa-da, “Shiddatli shamollarga qarshi biz butun dunyo bo‘ylab yoshlar ushbu chaqiriqlarga javob berayotganini va o‘z kelajagining me’morlariga aylanish uchun safarbar bo‘layotganini ko‘rdik, - dedi elchi Tomas-Grinfild. - Biz bu yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ko'tarish uchun qo'limizdan kelganini qilishimiz kerak."

“Bu Mojarolar oldini olish va barqarorlikni taʼminlash bo’yicha AQSh strategiyasining asosiy tamoyilidir; bu bizning davom etayotgan zoʻravon nizolarni hal qilish uchun inklyuziv siyosiy jarayonlarni qoʻllab-quvvatlashimizni tasdiqlaydi; bunda ayollar va yoshlarning mazmunli ishtirokiga urgʻu beriladi”, - deya qo’shimcha qildi u.

“Tinchlik va xavfsizlik jarayonlariga xilma-xil, kesishuvchi va tanqidiy, avlodlararo istiqbollarni kiritish nafaqat to‘g‘ri ish, balki bu bizning yechimlarimiz inklyuziv, ta’sirchan va doimiy bo‘lishini ta’minlashning yagona yo‘lidir”, - dedi elchi.

“Bu siz eshitganingizdek, begonalar tomonidan davlatlarga majburlanayotgan tavsiyalar emas. Bular ushbu mamlakatlar yoshlari tomonidan so‘ralayotgan tavsiyalardir. Oxir-oqibat, barqaror tinchlik va barqarorlik faqat inklyuziv qarorlar qabul qilish jarayonlari orqali mumkin,c- dedi elchi Tomas-Grinfild. – Shunday ekan, xotin-qizlar va yoshlarning cheksiz salohiyatini ishga solish, ular bilan bugun va har kuni hamkorlikda ishlashimiz farzdir”.

XS
SM
MD
LG