Accessibility links

Breaking News

AQSh odam savdosiga qarshi global kurashni davom ettiradi


AQSh Davlat departamentining Odam savdosi haqidagi hisoboti “odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha umumiy global sa’y-harakatlarimizning asosiy poydevori hisoblanadi”, - dedi Odam savdosini kuzatish va unga qarshi kurashish bo‘yicha AQSh elchisi Sindi Dayer.

Bu yilgi “Odam savdosi to‘g‘risida”gi hisobotda texnologiyaning odam savdosiga ta’siri ham o’rganilgan, chunki odam savdogarlari o‘z jinoyatlarini sodir etish va shaxsini yashirishda texnologik yutuqlardan foydalanmoqda, dedi elchi Dayer.

U qurbonlarni aniqlash, jinoiy tarmoqlarga barham berish va odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilarni javobgarlikka tortish bo‘yicha an’anaviy usullar va amaliyotlarni kuchaytirishni davom ettirgan holda yangi innovatsiyalardan foydalanish zarurligini ta’kidladi.

“Jabrlanuvchining ko'rsatmalariga tayanishni kamaytiradigan innovatsion strategiyalar ustida ham ishlayapmiz. Sobiq prokuror sifatida men ushbu strategiyalarni qo‘llash jabrlanuvchilarni ko‘proq himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni, jinoyat ishini tezroq ochishni hamda javobgarlik va adolatni kuchaytirishni ta’minlashiga guvoh bo’lganman”, - dedi u.

Innovatsion hamkorlik doimo rivojlanib borayotgan muammolarga javob beradigan profilaktika va himoya sa’y-harakatlarini yaratishga yordam beradi, dedi elchi Dayer.

“Bizning ofisimiz yaqinda Zambiya bilan Odam savdosining oldini olish yoki P2P deb ataladigan dastur boʻyicha birinchi hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. P2P dasturi Bolalarni himoya qilish bo'yicha kelishuv dasturiga asoslanadi va odam savdosiga qarshi kurashda hukumat sa'y-harakatlari va fuqarolik jamiyati hamkorligini kuchaytirish uchun birgalikda ishlab chiqilgan ko'p yillik harakatlar rejasidan foydalanadi”, - deya qo’shimcha qildi u.

“Odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha himoyachilar odam savdosidan eng koʻp jabrlangan jamoalar bilan doimiy boʻlishi va hamkorlik qilishi muhim”, - dedi elchi Dayer.

“Shu maqsadda AQSh odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha federal siyosat va dasturlarga, birinchi navbatda, AQShning Odam savdosi boʻyicha maslahat kengashi va departamentning Inson savdosi boʻyicha maslahat kengashi doirasida yangi va innovatsion usullarini yaratishga ustuvor ahamiyat berishda davom etmoqda. Odam savdosi bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan shaxslar bilan muloqot qilish va ularning bilim va tajribasini o‘zida jamlash odam savdosiga qarshi kurash tashabbuslarimizga turli nuqtai nazar va tushunchalardan foydalanish imkoniyatini beradi va omon qolganlar uchun samaraliroq bo‘lgan siyosatga olib keladi”, - dedi AQSh rasmiysi.

AQSh odam savdosi balosiga barham berish uchun mamlakatdagi va xorijdagi hamkorlari bilan birga ishlash ahdiga sodiqdir.

XS
SM
MD
LG