AQSh Xalqaro Taraqqiyot agentligi o'zining oltmish yillik faoliyati davomida shunga amin bo’lganki, ko’plab inqirozlarni hal qilishda mahalliy tashkilotlar bir qator o'ziga xos afzalliklarga ega. Shuning uchun agentlik yangi, mahalliy darajada boshqariladigan gumanitar yordam siyosatini yo'lga qo'ymoqda.
“Siyosatning bir qator maqsadlari bor, lekin aslida bu mahalliy hamkorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirishni qanday oshirishimiz va ularning salohiyatini qanday kuchaytirishimiz va insonparvarlik yordami sohasida yetakchilik rolini ulargaq berishimiz haqida”, - dedi agentilkning Gumanitar yordam bo'yicha rahbari yordamchisi o'rinbosari vazifasini bajaruvchi Danielle Mutoun-Smit.
“Gumanitar yordamga muhtoj odamlar soni ortib bormoqda va tarixiy eng yuqori darajaga yetmoqda. Haqiqatan ham mahalliy gumanitar ishtirokchilarga eʼtibor qaratadigan yondashuvni javoblarimiz markaziga qoʻyish eng kerakli paytda yuz bermoqda", - dedi AQSh rasmiysi.
AQSh Xalqaro Taraqqiyot agentligi o'zining insonparvarlik ishlari markaziga mahalliy hamjamiyatlarni joylashtirishga intilishining bir qancha asosli sabablari bor, deydi Mutoun-Smit.
"Bu haqiqatan ham biz ushbu hamkorlikni barcha darajalarda qanday qilib yaxshiroq qurishimiz mumkinligi haqida”, - deydi u.
“Mahalliy tashkilotlar va hamjamiyat inqirozga eng yaqin joylashgan bo’ladi va bu ularga ko'rib chiqilayotgan masalalar bo’yicha o'ziga xos nuqtai nazar beradi. Odatda, favqulodda vaziyatlarda ular birinchi bo'lib javob beradi. Ular jabrlangan jamoalar bilan hamkorlik va munosabatlarga ega hamda bizning javoblarimizda ular juda qimmatli bo'lgan mahalliy ishlarni o'z zimmasiga oladi. Shunday qilib, biz gumanitar yordamning oldingi saflarida turgan mahalliy tashkilotlarning bu tajribasidan qanday foydanalishni va ular yetakchiligini bizning ishimizga qanday qilib yanada ko'proq jalb qilishni ko'rib chiqmoqdamiz”, - deya qo’shimcha qildi u
"Muvaffaqiyat turli kontekstlarda boshqacha ko'rinishi mumkin, chunki biz juda ko'p va turli muhitlarda ishlaymiz", - dedi Danielle Mutoun-Smit.
“Manzilimiz hali olis, lekin biz bu safarga sodiqmiz. Biz ushbu siyosatni ijroga kiritib, uzoq yillar davomida insonparvarlik yordamini ko’rsatishda mahalliy yetakchilarimiz ishtirokini kengaytirishni intiqlik bilan kutamiz”, - dedi AQSh rasmiysi.