Accessibility links

Breaking News

AQSh Xalqaro Taraqqiyot moliya korporatsiyasi besh yoshga to'ldi


AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken yaqinda AQSh Xalqaro Taraqqiyot moliya korporatsiyasining 5-yillik konferensiyasida nutq so‘zladi.

“Oldimizda turgan eng yirik muammolarni hal qilishda boshqa davlatlar Qo‘shma Shtatlarga ishonchli va tezkor hamkor sifatida qarashlari mumkinligini ko‘rsatish – biz uchun strategik zaruriyatdir”, - dedi u.

Davlat kotibi Blinkenning aytishicha, Taraqqiyot moliya korporatsiyasi bu yil oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish va inklyuziv imkoniyatlarni rivojlantirish maqsadida 44 mamlakatga rekord darajada 12 milliard AQSh dollari ajratish majburiyatini olgan.

“Bu mablag‘larni yo‘naltirish orqali siz mamlakatlarga sifatsiz qurilgan, atrof-muhitga zarar yetkazuvchi, ishchilarni zo‘rlik bilan olib keladigan yoki ularga nisbatan ekspluatatsiya qiluvchi, korrupsiya va uzoq muddatli qarz yukiga sabab bo‘luvchi loyihalarga muhtoj emasliklarini ko‘rsatasiz. Buning o‘rniga, ular iqtisodiy o‘sishga va taraqqiyotga erishishlari mumkin – buning hammasi eng yuqori ekologik, ijtimoiy va mehnat standartlariga amal qilgan holda bo’ladi,” - dedi Blinken.

Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, boshqa hukumatlar AQSh va uning kompaniyalari kiritadigan sarmoya odamlar hayotiga sezilarli o‘zgarish olib kelayotganini ko‘rganlarida, Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istagini bildiradi.

“Dunyo bo‘ylab odamlar bozorlarga, tibbiy xizmatlarga va qayta tiklanuvchi energiyaga kengroq kirish imkoniga ega bo‘lganda, bu nafaqat Amerika kompaniyalari va amerikaliklarning salomatligi, balki hammamizga tegishli bo‘lgan sayyoramiz uchun ham foydalidir,” - dedi Blinken.

Kelgusi yillarda duch keladigan muammolarga to‘xtalar ekan, Davlat kotibi Blinken Taraqqiyot moliya korporatsiyasi o‘z faoliyatini yanada kengaytirishi zarurligini ta’kidladi:

“Bu DFC faoliyat yuritadigan mamlakatlar sonini ko‘paytirishni anglatadi. Bu korporatsiyani boshqa xalqaro taraqqiyot moliya institutlarimiz bilan bir xil darajaga olib keladi va DFC’ga strategik sohalarda – muhim minerallar, energetika, transport va aloqa yo‘nalishlarida – faoliyat yuritish imkonini beradi. Nafaqat past va o‘rta daromadli mamlakatlarda, balki raqobatchilarimizni ortda qoldirish maqsadida yuqori daromadli davlatlarda ham faoliyat olib borish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu shuningdek, DFC moliyaviy qudratini oshirishni – bir vaqtning o‘zida amalga oshirishi mumkin bo‘lgan investitsiyalar miqdorini 60 milliard dollardan 120 milliard dollargacha ikki baravar ko‘paytirishni talab qiladi”.

“DFCning qilayotgan ishlari, - dedi Blinken, - bizning davlatimiz boshqa mamlakatlarga aniq va foydali yechim taklif qilganda qanday qilib ishonchli hamkor bo‘la olishimizning eng yaxshi namunalaridan biridir”.

XS
SM
MD
LG