Accessibility links

Breaking News

AQSh: Suriya xalqi farovon kelajakka loyiq


Suriya uchun ajratilgan gumanitar yordam
Suriya uchun ajratilgan gumanitar yordam

AQSh Suriya xalqiga tegishli va ular boshchiligidagi siyosiy jarayonni qo‘llab-quvvatlaydi; bu BMT Xavfsizlik Kengashining 2254-sonli rezolyutsiyasida belgilanganidek amalga oshirilishi lozim, dedi BMTdagi AQSh vakili o‘rinbosari elchi Doroti Shea.

"Ushbu jarayon barcha suriyaliklarning, shu jumladan, ayollar va turli jamoalarning inson huquqlari va asosiy erkinliklarini to‘liq hurmat qiladigan, inklyuziv va vakillik asosida ishlaydigan hukumatni shakllantirishi kerak," - dedi elchi.

"Shuningdek, o‘tish jarayoni va natijada shakllangan Suriya hukumati kimyoviy qurollar dasturining qolgan har qanday unsurlarini aniqlash, xavfsiz saqlash va xalqaro tekshiruv asosida yo‘q qilishni ta’minlashi lozim," - deb qo‘shimcha qildi Shea.

"Biz hozirgacha erishilgan hamkorlikdan mamnunmiz va Suriyada Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti, BMT hamda boshqa davlat va nodavlat hamkorlar bilan birgalikda kimyoviy qurollar dasturining qolgan unsurlarini to‘liq va tekshirilgan tarzda yo‘q qilish bo‘yicha majburiyatni davom ettirishga chaqiramiz," - dedi AQSh rasmiysi.

Suriyadagi barcha tomonlar BMT tashkilotlari, boshqa xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati uchun hujjatlarni saqlash, ommaviy qabristonlar va qamoqxonalarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ozod qilingan mahbuslar va bedarak yo‘qolganlarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish uchun kirish imkonini ta’minlashlari lozim.

AQSh yaqinda "General License 24" dasturini e’lon qildi; u Suriyada faoliyat va tranzaksiyalarni amalga oshirishga kengaytirilgan ruxsatnoma beradi, dedi elchi Shea.

"Ushbu ruxsatnoma bizning sanksiyalar inson ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan asosiy faoliyatlarga, jumladan jamoat xizmatlarini ko‘rsatish yoki gumanitar yordam yetkazishga to‘sqinlik qilmasligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatimizni aks ettiradi. U olti oyga mo‘ljallangan bo‘lib, AQSh vaziyatni davomiy ravishda kuzatib boradi," - dedi u.

AQSh suriyaliklarga o‘z xalqi tomonidan va ular uchun yangi kelajakni shakllantirishda yordam berishga sodiqdir.

"Suriya boshqa davlatlarning o‘z manfaatlarini suriyaliklar hisobiga ilgari surish uchun maydon sifatida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak," - dedi elchi Shea.

Shu bilan birga, Suriyaning vaqtinchalik tuzilmalari mamlakatning qo‘shnilariga tahdid solmasligini, terrorizm manbai bo‘lmasligini va IShID kabi guruhlarga boshpana bermasligini ta’minlashi kerak.

AQSh: Turkiya va Suriya xalqiga yordam beramiz
please wait

No media source currently available

0:00 0:01:56 0:00

Shimoli-sharqiy Suriyada qamoqxonalarning xavfsizligini ta’minlash, ko‘chirilganlar lagerlarini boshqarish va xorijiy fuqarolarni o‘z yurtlariga qaytarish IShIDning qayta tiklanishi oldini olish va mintaqada barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun muhimdir.

AQSh suriyalik xalq uchun yorqin kelajakni ta’minlashga intilishda davom etadi.

XS
SM
MD
LG