Accessibility links

Breaking News

Rubio: Tashqi siyosatimiz AQSh va dunyo uchun yaxshi bo'ladi


AQSh Davlat kotibi Marko Rubio
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio

21-yanvar kuni Marko Rubio AQShning 72-davlat kotibi sifatida qasamyod keltirdi.

Bunga qadar, tasdiqlash jarayonidagi tinglovda, u AQSh tashqi siyosati boʻyicha oʻz qarashlarini bayon qildi.

Uning ta’kidlashicha, Sovuq urush yakunida noto‘g‘ri tasavvur shakllangan — go‘yo milliy manfaatlar global liberal tartib yo‘lida qurbon qilinishi mumkin edi.

"Bu shunchaki xomxayol emas edi. Bugun biz buni xavfli o‘zini aldash ekanini tushunib yetdik", - dedi u.

AQShning sanoat qudrati tanazzulga yuz tutdi, muhim ta’minot zanjirlari raqiblarning qo‘liga o‘tdi, ommaviy migratsiya jamiyat va hukumat barqarorligiga tahdid soldi. Bunga javoban, AQSh “ko‘pincha global tartibni milliy manfaatlarimizdan ustun qo‘ydi, boshqalar esa buni o‘z foydasiga ishlatdi va bizning hisobimizdan manfaat oldi,” - dedi Rubio.

"Biz Xitoy Kommunistik partiyasini global tizimga qo‘shdik, ular esa bundan barcha imtiyozlarni olishdi, lekin hech qanday majburiyat va mas’uliyatni bajarishmadi. Narkoterrorchilar, diktatorlar va zolimlar ochiq chegaralardan foydalanib, odam savdosi bilan shug‘ullandi, ayollar va bolalarni ekspluatatsiya qildi, jamiyatimizni o‘limga olib keluvchi fentanil va zo‘ravon jinoyatchilar bilan to‘ldirdi. Moskva, Tehron va Pxenyanda esa mustabid rejimlar – isyonchi davlatlar – dunyoga tartibsizlik va beqarorlik urug‘ini sochmoqda... keyin esa BMT Xavfsizlik Kengashidagi veto huquqiga yoki yadroviy urush tahdidiga yashirinib olishmoqda", - deya qo’shimcha qildi u.

Hozirgi geosiyosiy beqarorlikka qarshi kurashish uchun, Rubioning ta’kidlashicha, AQSh “yana o‘z milliy manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ygan holda dunyo maydonida ishonchli va qudratli kuch” bo‘lishi lozim.

To‘rt yil oldin, uning so‘zlariga ko‘ra, "Amerikaning qudrati dushmanlarimizni tiyib turardi va bu bizga diplomatiyada ustunlik berardi."

"Lekin hozir, afsuski, deyarli har bir qit’ada dahshatli jinoyatlar va tasavvur qilib bo‘lmaydigan insoniy azoblar hukm surmoqda," - dedi u. Amerika “barcha odamlar teng yaratilgani va ularning huquqlari Xudo tomonidan berilgani” haqidagi inqilobiy haqiqat asosida tashkil topgani sababli, "biz hech qachon insoniyat azobiga befarq bo‘lolmaymiz", - dedi Rubio.

Prezident Tramp rahbarligida AQSh Davlat departamentining ustuvor vazifasi, eng avvalo, AQShning o‘z manfaatlari bo‘ladi, dedi u.

“Oxir-oqibat, - deya xulosa qildi Rubio. - agar Amerika o‘z uyida xavfsiz bo‘lmasa, qanday qilib dunyoda tinchlikni ta’minlay oladi? Agar Amerika kuchsiz bo‘lsa, ittifoqchilariga qanday yordam bera oladi? Va agar Amerika avvalo o‘zida farovonlikni ta’minlamasa, qanday qilib butun dunyo bo‘ylab Xudoning bolalarini azob-uqubatlardan xalos qila oladi?"

XS
SM
MD
LG