Shu oy Butunjahon gumanitar yordam kuni nishonlanadi. Bu dunyoning eng og'ir joylarida mehnat qilayotgan, ko'pincha o'z xavfsizligiga katta xavf tug'diradigan gumanitar yordam xodimlarining kundalik mashaqqatlarini yodga olish imkoniyatidir. Ular dunyodagi eng zaif va umidsiz odamlarga yordam qo’lini cho’zadi. Qo'shma Shtatlar ularning fidoyiligi, hamdardligi va insoniyligini qadrlaydi.
Gumanitar inqirozlar juda ko'p odamlarga zarar yetkazishda davom etmoqda. Insonparvarlik yordamini ko’rsatish bu vaziyatda eng dolzarb masala hisoblanadi va bu xatarli ish. O'tgan yili 280 nafar insonparvarlik yordami xodimlari boshqalarga fidokorona g'amxo'rlik qilish chog'ida halok bo'lgan va bu insonparvarlik tashkilotlari uchun eng halokatli yil bo'ldi.
Sudan, G'azo, Kongo Demokratik Respublikasi va boshqa mamlakatlardagi inqirozlarda odamlar hayotini saqlab qolish uchun uchun yordam tashkilotlari xodimlari ko'pincha eng qiyin sharoitlarda, shu jumladan, faol to'qnashuv hududlarida ishlaydi. Ularning xatti-harakatlari jamiyatlarni eng qiyin paytlarda qo'llab-quvvatlaydi va dunyoni yanada xavfsizroq qilishga hissa qo'shadi.
SEE ALSO: AQSh: Soni ortib borayotgan qochoqlar ko'proq yordamga muhtojAQSh insonparvarlik ishchilari bilan birga bo'lib, butun dunyo bo'ylab hayotni saqlab qolish va azob-uqubatlarni yengillashtirish uchun zarur bo’lgan muhim resurslarni ajratishda davom etadi. Shu yo’lda Qo'shma Shtatlar 2023-yilda 15 milliard dollarga yaqin insonparvarlik yordami ko’rsatdi va 2024-yilda hamda dunyo bo'ylab misli ko'rilmagan ehtiyojlarni qondirish uchun harakat qilmoqda.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken o‘z bayonotida qayd etganidek, “Qo‘shma Shtatlar gumanitar inqirozlarni hal qilishga va muvofiqlashtirilgan xalqaro javob choralari va diplomatik aloqalar orqali mojarolarni hal qilishga yordam berishga sodiq. Blinken, shuningdek, gumanitar xodimlar mojaro hududlariga zudlik bilan, xavfsiz va to'siqsiz kira olishi lozimligini ta’kidladi.
SEE ALSO: Urush zonalarida bolalar himoyaga muhtojHozirda 300 millionga yaqin odam insonparvarlik yordami va himoyasiga muhtoj ekan, AQSh bu ishga o'zining qat'iy sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi va xalqaro hamkorlarni dunyo bo'ylab o'sib borayotgan gumanitar ehtiyojlarni qondirishga o'z hissalarini qo'shishga chaqiradi.
"Birgalikda ishlash orqali - dedi Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Shon Savett, - ko’plab insonlarning hayotini saqlab qoluvchi muhim o'zgarishlarni amalga oshirishimiz mumkin".