Bolalar mehnati - ekspluatatsiyaning eng yomon ko'rinishi

Ishlash uchun juda yosh yoki ta'lim olish va rivojlanishga putur yetkazadigan ishlarda band bo'lgan bolalarning ekspluatatsiya qilinishi bolalar mehnati deb ataladi. Dunyo bo'ylab qariyb 160 million bola mana shunday mehnatga jalb qilingan. Ularning deyarli yarmi, ya'ni 79 millionga yaqini xavfli mehnat sharoitlarida ishlaydi.

Har ikki yilda bir marta ishchilar huquqlarini himoya qilish bo'yicha sa'y-harakatlarning bir qismi sifatida AQSh Mehnat Departamenti ikkita hisobot chiqaradi: Bolalar mehnatining eng yomon shakllari bo'yicha topilmalar va Bolalar mehnati yoki majburiy mehnat natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ro'yxati.

Bunday tovarlar roʻyxati “dunyo boʻylab global mehnat ekspluatatsiyasi haqida umumiy maʼlumot beradi, oʻn millionlab odamlarning hayotiga taʼsir qiladi va hozirgi zamonning eng dolzarb muammolari bilan kesishadi”, dedi AQSh Mehnat Departamentining Xalqaro mehnat masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari Tea Mei Li.

Uning so'zlariga ko'ra, hozirda uchta xavotirli tendensiya mavjud.

“Birinchidan, majburiy mehnat va bolalar mehnatining global izi kengaymoqda,” – dedi u.

SEE ALSO: AQSh uyg'urlar majburiy mehnatiga qarshi kurashni davom ettiradi

“Bu kengayish shuni ko'rsatadiki, davlat va xususiy sektorning mehnat ekspluatatsiyasiga qarshi kurashish bo'yicha olib borayotgan sa'y-harakatlari rivojlanayotgan global ishlab chiqarish tendensiyalariga mos kelmayapti. Bu esa ishchilarni xavfli mehnat sharoitlari, ekspluatatsiya qilinadigan bolalar mehnati va boshqalar xavflar ostida qoldirmoqda”, - deydi rasmiy.

"Ikkinchi tendensiya - bu bolalar mehnati yoki majburiy mehnat bilan ishlab chiqariladigan muhim minerallar sonining ko'payishi", - deya davom etadi u.

“Ro‘yxatda hozir 12 ta davlat bor. Kongo Demokratik Respublikasi, Zambiya, Zimbabve va Boliviyadagi bolalar kobalt, mis, litiy, marganets, tantal, qalay, volfram va rux kabi muhim minerallarni qazib oladi. Ular noto‘g‘ri tartibga solinadigan hunarmandchilik va kichik konlarda mehnat qiladilar, tunnel qazish, og‘ir yuklarni tashish va zaharli moddalar bilan ishlash kabi xavfli ishlarni bajaradilar”, - deydi AQSh rasmiysi.

"E'tiborga loyiq uchinchi tendensiya - bu Xitoyning global ishlab chiqarish hukmronligiga olib keladigan mehnat ekspluatatsiyasidir. Xitoy Xalq Respublikasi hukumati kamida 2016-yildan beri Shinjondagi uygʻurlar va boshqa, asosan, musulmon boʻlgan etnik ozchilik guruhlari vakillarini genotsidga, davlat tomonidan majburiy mehnatga va insoniyatga qarshi jinoyatlarga duchor qilmoqda”, - deydi Tea Mei Li.

SEE ALSO: AQSh majburiy mehnatga qarshi kurashni to’xtatmaydi

"Ushbu keskinlik chuqur tashvishga soladi, chunki Xitoy deyarli barcha ifloslangan metallarning global eksportchisi va yetakchi hisoblanadi", - dedi vazir o'rinbosari Li.

Majburiy mehnat va bolalar mehnati butun dunyoda juda keng tarqalgan. Hukumatlarning vazifasi bolalarni ekspluatatsiya qilishdan hech kim foyda ko'rmasligiga ishonch hosil qilishdir, chunki bu dahshatli jinoyat, deya xulosa qiladi rasmiy.